Mualliflar uchun yo‘riqnoma

Maqola tayyorlash va yuborish bo‘yicha ko‘rsatmalar

Majburiy maqola shablonlari (.docx va .tex)

Maqola yuborishda Fizika seriyasi uchun rasmiy shablonlardan foydalaning. Word yoki LaTeX yo‘lidan birini tanlashingiz mumkin.

Eslatma: maqolalar faqat ushbu rasmiy shablonlar asosida tayyorlangan bo‘lsa qabul qilinadi.

.tex format va Overleaf orqali yuborish

Fizika seriyasi endi LaTeX (.tex) maqolalarni ham qabul qiladi. Buning uchun Overleaf integratsiyasi yoqilgan.

  1. Yuqoridagi .tex yoki Overleaf package shablonini yuklab olib, Overleaf loyihasiga joylang.
  2. Matnni Fizika seriyasi formatida tayyorlang va Overleaf ichida Recompile orqali tekshirib boring.
  3. Telegram botdagi topshirish jarayonida .tex / Overleaf formatini tanlang va loyiha havolasida ishlang.
  4. Tugagach botdagi ✅ Tugatdim tugmasini bosing, tizim PDF ni avtomatik oladi.

Umumiy talablar

  • Maqola o‘zbek, rus yoki ingliz tilida yozilgan bo‘lishi kerak
  • Maqola hajmi 5 — 20 sahifani tashkil qilishi kerak
  • Maqola boshqa jurnalda nashr etilmagan va ko‘rib chiqish jarayonida bo‘lmagan bo‘lishi kerak
  • Plagiat darajasi 20% dan oshmasligi kerak

Formatlash talablari

Element Talab
Fayl formatiMicrosoft Word (.docx) yoki LaTeX (.tex, Overleaf orqali)
Sahifa o‘lchamiA4 (210 x 297 mm)
Chekka (margins)Barcha tomondan 2.5 cm
ShriftTimes New Roman, 12 pt
Qator oralig‘i1.5
SarlavhaBold, 14 pt, markazlashtirilgan
Annotatsiya150 — 300 so‘z, 3 tilda
Kalit so‘zlar5 — 8 ta kalit so‘z
AdabiyotlarAPA 7th edition
Matematik formulalar.docx uchun Equation Editor, .tex uchun LaTeX formulalari
Muhim: Matematik formulalar

Maqoladagi barcha matematik formulalar faqat Microsoft Word dasturining ichki tenglama muharriri (Equation Editor) yordamida yaratilishi kerak.

  • Qabul qilinadigan: .docx yo‘lida Word → Insert → Equation (Alt+=), .tex yo‘lida LaTeX formulalari
  • Qabul qilinmaydigan: rasm (screenshot/scan) formulalar, MathType

Rasm asosidagi formulalar nashr jarayonida buziladi va PDF generatsiyasida xatoliklar keltirib chiqaradi.

Maqola tuzilishi

  1. Sarlavha — aniq va maqola mazmunini aks ettiruvchi
  2. Muallif(lar) ma’lumotlari — to‘liq ism, tashkilot, elektron pochta, ORCID
  3. Annotatsiya — 3 tilda (o‘zbek, rus, ingliz), 150 — 300 so‘z
  4. Kalit so‘zlar — 5 — 8 ta
  5. Kirish — tadqiqot muammosi, maqsad, ahamiyati
  6. Adabiyotlar tahlili — mavzuga oid ilmiy ishlar sharhi
  7. Tadqiqot metodologiyasi — qo‘llanilgan usullar
  8. Natijalar — olingan ma’lumotlar tahlili
  9. Muhokama — natijalar talqini va taqqoslash
  10. Xulosa — asosiy xulosalar va takliflar
  11. Adabiyotlar ro‘yxati — APA 7 formatida

Adabiyotlar bo‘limini sifatli tayyorlash bo‘yicha amaliy yo‘riqnoma

Fizika seriyasi uchun eng muhim talab: matnda keltirilgan har bir iqtibos adabiyotlar ro‘yxatida bo‘lishi va ro‘yxatdagi har bir manba matnda ishlatilgan bo‘lishi kerak.

1) Moslik tekshiruvi

Matndagi havolalar va references ro‘yxatini birma-bir moslashtiring. “Yetim” manbalar va matnda bor-u ro‘yxatda yo‘q manbalarni qoldirmang.

2) DOI va URL sifati

DOI mavjud bo‘lsa, albatta kiriting. URL faqat barqaror manbalarda qo‘llansin. Ishlamaydigan havolalarni yuborishdan oldin tekshiring.

3) Manba ishonchliligi

So‘nggi 5–10 yildagi peer-reviewed maqolalar ulushi yuqori bo‘lsin. Ilmiy bazalardan (Scopus/WoS/Google Scholar) tasdiqlangan manbalarga ustuvorlik bering.

4) Texnik tavsiya

Zotero yoki Mendeley kabi reference manager ishlating. Bu usul imlo xatolari va format nomutanosibliklarini keskin kamaytiradi.

Format uslubi:

Jurnal hozircha APA 7 tamoyillariga yaqin formatni qo‘llaydi, lekin eng asosiy baholash mezoni — manbalar to‘liqligi, ishonchliligi va matn bilan mosligi.

Yuborishdan oldingi yakuniy tekshiruv ro‘yxati

  • Maqola Fizika seriyasi uchun rasmiy shablonda tayyorlangan (.docx yoki .tex/Overleaf).
  • Sarlavha, muallif(lar), affiliatsiya va aloqa ma’lumotlari to‘liq va to‘g‘ri kiritilgan.
  • Annotatsiya va kalit so‘zlar talab qilingan tillarda berilgan.
  • Adabiyotlar ro‘yxati matn ichidagi iqtiboslar bilan to‘liq mos.
  • DOI mavjud manbalarda DOI ko‘rsatilgan, havolalar ishlashi tekshirilgan.
  • Plagiat ko‘rsatkichi 20% dan oshmaydi.
  • Jadval, rasm va formulalar sifatli: .docxda Equation Editor, .texda xatosiz compile holati ta’minlangan.
  • Yakuniy fayl ochilib tekshirilgan va yuborishga tayyor holatga keltirilgan.
Maqola yuborish Nashr narxlari

Ilmiy izlanishlaringizni nashr eting

Tadqiqotlaringiz natijalarini dunyo bilan baham ko‘ring.

Maqola yuborish
ResearchBIB ResearchBIB Indexed